Mahliyo Nazarqulova — jamoa yarim himoyachisi, 2000-yil 19-noyabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Avvaliga futbol u uchun qiziqish bo‘lgan, vaqt o‘tib unga bo‘lgan muhabbati ortib borgan. Zominda ayollar futboli tashkil etilganini bilib, o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi — uni “Zomin” ayollar jamoasida mashg‘ulotlarga taklif qilishdi. Futbol uning hayotini, o‘ziga ishonchi va maqsadlarini butunlay o‘zgartirdi. Yutuqlari: 2012 — kumush medal, 2013 — bronza medal (“Zomin” ayollar jamoasi). 2014-yilda Qashqadaryo viloyatining “Sevinch” jamoasida, 2015–2016-yillarda “Mash’al”da o‘ynagan, 2017-yilda “Sevinch”ga qaytgan. 2018-yildan “So‘g‘diyona-W”da: o‘sha yili jamoa O‘zbekiston Oliy liga kubogi finaliga chiqib, 12 karra O‘zbekiston chempioni “Sevinch” bilan bellashdi. Yangi tashkil etilgan jamoa uchun bu katta yutuq va tajriba bo‘ldi. 2019-yilda Mahliyo “Lokomotiv-W”, 2020-yilda “Andijon-W” jamoasida o‘ynadi, 2021-yilda yana “So‘g‘diyona-W”ga qaytdi.