So‘g‘diyona — tg So‘g‘diyona — fc So‘g‘diyona — in
Bosh homiy:
So‘g‘diyona — logo
So‘g‘diyona — en
Yangiliklar
Bosh sahifa
So‘g‘diyona — slide arrow
Yangiliklar
So‘g‘diyona — Xayriya futbol o‘yini

Xayriya futbol o‘yini

SILVERLEAFE TASHKIL ETGAN ILK XAYRIYA FUTBOL O‘YINI ONKOLOGIK KASALLIKKA CHALINGAN BOLALAR UCHUN 130 MILLION SO‘M TO‘PLADI. Toshkent xalqaro maktabida ikki professional ayollar jamoasi — “So‘g‘diyona” va “Paxtakor” o‘rtasidagi ilk xayriya o‘yiniga 300 kishi tashrif buyurdi. Tadbirni “Ezgu Amal” jamg‘armasi vasiylik kengashi a’zosi Aziza Umarova, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmedxo‘jayev, Silverleafe rahbari va tadbirning bosh homiysi Den Patterson hamda Toshkent xalqaro maktabi vakili Anjelika Kaster ochib berdi. O‘yin homiylarning ijtimoiy tashabbuslarini birlashtirib, onkologik kasallikka chalingan bolalar uchun mablag‘ yig‘ish va mamlakatda ayollar sportini rivojlantirishga e’tibor qaratdi. “Ezgu Amal” jamg‘armasi rahbari Munira Xo‘jaxon ta’kidlaganidek: “Xayriya o‘yini biz uchun muhim voqea bo‘ldi va ko‘plab odamlar duch keladigan muammolarga yanada ko‘proq e’tibor qaratishga yordam berdi. Silverleafe va hamkorlar bilan birga ishlab, mahalliy va xalqaro kompaniyalar hamda dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishni istaydigan insonlarning g‘amxo‘rligini his qilamiz”. Birinchi bo‘lim yakunida “So‘g‘diyona” 4:2 hisobida oldinda edi; “Paxtakor” ikkinchi bo‘lim boshida farqni qisqartirdi, ammo g‘alaba “So‘g‘diyona”ga nasib etdi — 6:4. O‘yindan keyingi kechki ovqatda, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi va Agros Hayot chiqishlaridan so‘ng, Silverleafe PR-direktori Igor Fyodorov hamkor kompaniyalarning respublika bo‘ylab ijtimoiy faolligi xaritasini taqdim etdi: o‘tgan yili 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga 20 dan ziyod ijtimoiy loyiha amalga oshirilgan. Kompaniyalar xayriyalari va tadbirga taklifnomalardan tushgan mablag‘ jami 130 mln so‘mni tashkil etdi. Barcha ishtirokchi kompaniyalarga minnatdorchilik bildiramiz: Silverleafe, John Deere, Tashkent International School, Tashkent International Clinic, Amcham, YXHT, Coozin.uz, Mercury Service, “So‘g‘diyona”, “Paxtakor”, Agros Hayot, CASC, Dentons, TWIG, korzinka.uz, Anatomica.
Yangiliklarga obuna bo‘ling
“So‘g‘diyona” Barcha huquqlar himoyalangan
© 2019 — sayt SOS Group tomonidan ishlab chiqilgan