13-fevral kuni Silverleafe “So‘g‘diyona” professional ayollar jamoasi bilan birgalikda 29-sonli bolalar uyi va AQShda davolanishi Silverleafe hamda AQSh elchixonasi tomonidan qoplanayotgan Shabbona ismli qizcha foydasiga Jizzax futbol akademiyasi o‘g‘il bolalariga qarshi ilk xayriya o‘rtoqlik o‘yinini tashkil etdi.
Keskin va shiddatli o‘yin “So‘g‘diyona” foydasiga 4:2 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng Shabbona jamoadan esdalik sovg‘alarini oldi, qizlar esa yaqin orada u va do‘stlarini ziyorat qilib, tajriba almashish va klub tarixidagi muhim voqealar haqida so‘zlab berishga va’da berishdi.
#FootballTeamSogdiana
#SogdianaForward