Eng kutilgan tadbir — “So‘g‘diyona” professional ayollar futbol klubining yillik hisobotidan fotoreportaj.
2020-yil hammamiz uchun og‘ir bo‘ldi, biroq kuchli va o‘ziga ishongan qizlar jamoasi Silverleafe rahbari Den Patterson ko‘magida a’lo natijalarga erishib, O‘zbekiston ayollar futboli chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Turnir jadvalidagi faxrli 3-o‘rin bilan bir qatorda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati va klub ma’muriyati eng yaxshi o‘yinchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi:
Zarina Mamatkarimova — eng yaxshi yarim himoyachi
Xolida Dadaboyeva — eng yaxshi o‘yinchi
Diyora Xabibullayeva — eng yaxshi hujumchi
Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi esa Tanzilya Narbiyeva bo‘ldi!
Homiylar, hamkorlar, liga vakillari va klub ma’muriyati qizlarga a’lo o‘yin uchun minnatdorchilik bildiradi va yangi mavsumda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatni ishga soladi!
Homiylar va hamkorlar:
Zamonaviy agroklaster “Silverleafe”
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi muhandislik kompaniyasi “John Deere”
Jamoa hamkori: “Dentons” yuridik firmasi.
#Sogdiana #FootballTeam #Silverleafe #JohnDeere #Dentos