So‘g‘diyona — tg So‘g‘diyona — fc So‘g‘diyona — in
Bosh homiy:
So‘g‘diyona — logo
So‘g‘diyona — en
Yangiliklar
Bosh sahifa
So‘g‘diyona — slide arrow
Yangiliklar
So‘g‘diyona — Dierakhon Khabibullaeva

Dierakhon Khabibullaeva

“So‘g‘diyona-W”ning eng yaxshi to‘purari Diyoraxon Xabibullayeva mavsum yakuni va final o‘yini oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jizzax viloyatidagi “So‘g‘diyona-W” jamoasida o‘ynayotganimdan juda xursandman.

Jamoamizga bor-yo‘g‘i 3 yil, biz esa sovrinlar uchun kurashyapmiz.
Bilasiz, o‘tgan yili jamoam bilan bronza medalini qo‘lga kiritganmiz.

2020-yilda oldimizga katta maqsad qo‘ydik. Pandemiya nafaqat futbolchilarga, balki butun dunyoga ta’sir qildi. Shunga qaramay, jamoa bilan ishlashda davom etdik, moliyaviy qiyinchiliklarni sabr bilan yengdik va viloyatimiz rahbariyatiga, “So‘g‘diyona” PFK rahbariyatiga hamda bosh homiyimiz Den Pattersonga minnatdormiz.

Bu mavsum haqida nima deysiz?

Bu yil O‘zbekiston ayollar Oliy ligasi chempionati juda keskin va og‘ir o‘tdi.
Biz o‘z darajamizni saqlab, faxrli 3-o‘rinni egalladik.
O‘zbekiston kubogining saralash bosqichida mag‘lubiyatsiz 6 ochko to‘plab, finalga yo‘llanma oldik.
“So‘g‘diyona-W” qisqa vaqt ichida tarixida ikkinchi marta O‘zbekiston kubogi finalida ishtirok etadi.
Buni o‘zimiz uchun va, albatta, jizzaxliklar uchun katta g‘urur va yutuq deb bilamiz.
Final Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida o‘tishi ma’lum bo‘lgach, uyda o‘ynaymiz va butun jamoa bilan O‘zbekiston kubogini yutishni maqsad qilib qo‘ydik.
Finaldagi raqibimiz — O‘zbekiston chempioni “Bunyodkor-W”.
Finalga yuqori darajada tayyorlanyapmiz, butun jamoa uni intiqlik bilan kutmoqda.

Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun har qachongidan ham muhim.

Aziz Jizzax viloyati futbol muxlislari, 6-dekabr soat 13:00 da “So‘g‘diyona” markaziy stadionida kutamiz.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘ling
“So‘g‘diyona” Barcha huquqlar himoyalangan
© 2019 — sayt SOS Group tomonidan ishlab chiqilgan