Jamoamiz O‘zbekiston kubogi finalida!
Bugun ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining uchinchi turi bo‘lib o‘tdi va hal qiluvchi o‘yinda kurashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi. Qizlarimiz olmaliqlik “OKMK-W” jamoasi bilan bellashdi. Jamoamiz ustunlik qilgan o‘yinda qizlarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Diyoraxon Xabibullayeva va Albina Boboqulova (dubl) gol urishdi.
“Bunyodkor-W” boshqa guruhdagi keskin kurashda g‘olib chiqib, finalda “So‘g‘diyona-W”ning raqibiga aylandi. O‘zbekiston kubogining final o‘yini 6-dekabr kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tadi. Qizlarimizga omad tilaymiz! Bu yil finalda g‘alaba qozonib, jamoamiz tarixida ilk bor kubok sohibi bo‘lishga umid qilamiz!
O‘zbekiston kubogi finali. Jizzax. 06.12.2020
"So‘g‘diyona-W" - "Bunyodkor-W"
O‘zbekiston kubogi finali. Jizzax. 06.12.2020
"So‘g‘diyona-W" - "Bunyodkor-W"